Suriya Taşqi işlar vazirligi vakilining 23-avgust kuni maʼlum qilişiça, ötiş hukumati taşqi işlar vaziri Asad aş-Şayboniy boşçiligidagi Suriya delegatsiyasi Iordaniyada Isroil vakillari bilan uçraşgan. Suriya delegatsiyasi tarkibiga mamlakat maxsus xizmatlari vakillari ham kirgan.

Damaşq rasmiylariga köra, muzokaralar AQŞ vositaçiligida taşkil etilgan bölib, undan közlangan asosiy maqsad ikki davlat örtasidagi keskinlikni pasaytiriş va yangi töqnaşuvlarning oldini olişdan iborat.

Suriyaning SANA davlat axborot agentligi uçraşuvni Isroil tomonidan Suriya hududiga sönggi bor berilgan zarbalardan keyin vaziyatni yumşatişga qaratilgan saʼy-harakatlarning bir qismi deb atagan.

AFP: Suriya TIV rahbari «Mossad» boşliği bilan uçraşgan

AFP agentligi Suriyadagi diplomatik va hukumat manbalariga tayanib xabar berişiça, Asad aş-Şayboniy Isroil taşqi razvedka xizmati - «Mossad» rahbari Roman Gofman bilan muzokara ötkazgan.

Uçraşuvda tomonlar qator xavfsizlik masalalarini, jumladan Iordaniya hududida AQŞ nazorati ostida «maxsus operatsiyalarni boşqariş markazi»ni taşkil etiş imkoniyatini muhokama qilgan.

Agentlik maʼlumotiga köra, bunday markazning asosiy vazifasi Suriya hududida ehtimoliy töqnaşuvlarning oldini oliş böladi. Xususan, Turkiya iştirokida yuzaga kelişi mumkin bölgan ziddiyatlarni bartaraf etiş ham mazkur mexanizm vazifalaridan biri bölişi kutilmoqda.

Joriy yil yanvar oyida ham Suriya va Isroil AQŞ vositaçiligida özaro aloqa kanalini taşkil etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uşbu mexanizm savdo, xavfsizlik va maxsus xizmatlar faoliyati bilan boğliq masalalarni muvofiqlaştiriş uçun möljallangan.

Isroil Suriyadagi aerodromga zarba bergan edi

Muzokaralar ikki davlat örtasida navbatdagi keskinlik yuzaga kelgan bir paytda boşlandi.

18-avgust kuni Isroil harbiylari Suriyaning şimoli-ğarbidagi Idlib viloyatida joylaşgan Abu-ad-Duhur taşlandiq harbiy aerodromiga zarba bergan.

Isroil tomoni zarbaga uşbu hududda Turkiya qöşinlari joylaştirilişi mumkinligi bilan boğliq xavfsizlik tahdidi sabab bölganini bildirgan.

Anqara esa Abu-ad-Duhur aerodromida Turkiya harbiylari borligi haqidagi xabarlarni rad etgan. Suriya ötiş hukumati Isroil zarbasini «asossiz tajovuzkorlik harakati» deb baholagan.