Başar Asad tuzumi davrida Suriya poytaxti Damaşqdagi Adra markaziy qamoqxonasi direktori lavozimida işlagan brigada generali, 74 yoşli Samir Usmon Şayx mahbuslarni qiynoqqa solgani va öz ötmişini Amerika immigratsiya hukumatidan yaşirgani uçun 60 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda AQŞ Adliya vazirligi xabarida aytiladi.
Vazirlik maʼlumotlariga köra, 2005−2008-yillarda qamoqxonaga rahbarlik qilgan Şayx siyosiy mahbuslarni qiynoqqa soliş haqida buyruq bergan va bu işlarda şaxsan iştirok etgan. Mart oyida federal hakamlar hayʼati uni qiynoqqa soliş maqsadida til biriktiriş, uçta qiynoq holati hamda immigratsiya hujjatlarini rasmiylaştiriş va fuqarolikka ariza topşirişdagi firibgarlikda aybdor deb topdi.
Sudda uç nafar jabrlanuvçi mahbuslarni «uçar gilam» deb nomlanuvçi qiynoq moslamasiga boğlab, şiftga osişgani va kaltaklaşgani, baʼzilarini esa «13-blok» deb ataladigan joyga yuborib, u yerda ğayriinsoniy qiynoqlarga solişgani haqida sözlab berdi.
Adliya vazirligining taʼkidlaşiça, Şayx Asad tuzumining Suriyadan taşqarida sudlangan eng yuqori martabali sobiq vakiliga aylandi. U AQŞ hududiga 2020-yilda kirib kelgan va 2024-yil iyul oyida uşlangan.

















