30 avgustdan e'tiboran, Indoneziya poytaxti Jakartaning markaziy köçalarida harakatlaniş uçun transport vositalari raqamlarining juft-toq tizimi joriy etiladi. Bu haqda, Jakarta transport boşqarmasi rahbari Andri Yanşax ma'lum qilgan. 

"Yangi tizimni dastlabki baholaş işlari muvaffaqiyatli ötdi, deya olamiz. Yölda harakatlaniş vaqti qisqardi", — deya Andri sözlarini keltiradi Jakarta Globe naşri.

Yangi tizimga muvofiq, avtomobillar davlat raqamiga köra, şahar markaziga  oyning toq yoki juft sanalarida kira olişadi. Qoidabuzarlarga ikki oylik qamoq jazosi yoxud yarim million Indoyeziya rupiysi (38 dollar atrofida) jarima tayinlanişi mumkin. 

Şahar gubernatori sözlariga köra, yangi tizim vaqtinçalik çora bölib, kelgusida Jakartaning asosiy magistral yöllarida harakatlaniş uçun elektron tölov tizimlari işga tuşiriladi. 

Qayd etiş joizki, rasmiy ma'lumotlarga binoan, 12 mln, norasman 25 mln kişi istiqomat qiladigan megapolis, butun dunyo böylab ötkazilgan sörov natijalariga köra "transport vositalari harakatlanişi uçun eng noqulay şahar" deya tan olingan.