Mahalliy rasmiylarga köra, yakşanba tongida aeroport yaqinidagi havo kengligida Anak-Krakatau vulqonidan çiqqan kul aniqlangaç, 209 ta reys töxtatilgan yoki keyinga qoldirilgan.
Yava va Sumatra orollari örtasidagi Sunda böğozida joylaşgan vulqon juma kuni keçqurun otila boşladi, bu esa uzluksiz seysmik faollikni keltirib çiqardi hamda atrofga lava oqib çiqdi. Rasmiylarga köra, yakşanba kuni erta tongda yana ikki marta vulqon otilişi kuzatilgan.
Aeroport vaqtinça (mahalliy vaqt bilan soat 13:30 gaça) işlamagan, bu esa 22 ming kişining hayotiga turli darajada taʼsir körsatgan.
Transport vazirligi xabar qilişiça, parvozlar töxtatilişi asosan Singapurga boruvçi va u yerdan keluvçi reyslarga, şuningdek, Doha, Sidney va Kuala-Lumpur kabi boşqa xalqaro yönalişlarga taʼsir qilgan.
Rasmiylar vulqon faollaşgani bilan boğliq ravişda sunami xavfi yöqligini tasdiqlagan.
Soğliqni saqlaş vazirligi jabrlangan hududlar aholisini yopiq binolarda qolişga hamda tibbiy niqoblardan foydalanişga çaqirgan.
Mahalliy Kompas naşri maʼlumotiga köra, bir neça maktabda şanba kuni darslar bekor qilingan, öquvçilar va aholi kul tufayli közlari açişganidan şikoyat qilgan. Baliqçilar ham közdagi oğriqdan şikoyat qilişgan va dam oliş kunlari dengizga çiqişmagan.

Mahalliy aholi vakillaridan biri Aldi Çandra Prayogi jurnalistlarga aytib berişiça, juma kuni oqşomidan beri u «köziga mayda qum zarralari tuşgandek» his qilayotganini va bu noqulaylikni yöqotiş uçun tomçi dorilardan foydalanişiga töğri kelayotganini aytgan.
U quyuq çang qoplagani tufayli har beş daqiqada uyining old hovlisini supurişiga töğri kelayotganini taʼkidlagan.
«Krakatau bolasi» degan maʼnoni anglatuvçi Anak-Krakatau vulqoni ötgan asr boşlarida 1883-yildagi maşhur Krakatau otilişidan keyin hosil bölgan kalderada dengizdan kötarilganidan beri vaqti-vaqti bilan faollaşib turadi.
2018-yil dekabr oyida bu vulqon qisman parçalanib, 400 dan ortiq inson hayotiga zomin bölgan ulkan sunamiga sabab bölgandi. Öşanda Sumatra va Yavada minglab odamlar öz uylarini tark etişga majbur bölgan.








