Iroqdagi töy marosimi vaqtida terakt sodir etildi. Reuters agentligi xabariga köra, bu terakt tufayli 18 kişi qurbon bölgan. Şuningdek, önlab kişilar jarohatlangan.
Iroq politsiyasi ma'lumotlariiga köra, xudkuş terrorçi mamlakat janubidagi asosan şialar istiqomat qiladigan Karbalo viloyatidagi Eyn at-Tamur şahrida, töy ziyofati vaqtida özini portlatgan.
Manbalardan birida aytilişiça, hududga avtomat va qöl granatalari bilan qurollangan 5 nafar jangari hujum qilgan.
Eslatib ötamiz, 22 avgust kuni Turkiyaning Gaziantep şahrida ham töy marosimi vaqtida 12 va 14 yoşdagi bolalar özini portlatib terakt sodir etişi oqibatida 51 kişi halok bölgandi, şundan 22 nafari bolalar edi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bu terakt uçun javobgarlikni IŞID zimmasiga yuklagan hamda qöşni Suriya hududida jangarilarga qarşi harbiy harakatlar boşlagandi.












