Malayziya hukumati 41 ta Zika virusi yuqişi holati tasdiqlangan Singapur bilan quruqlikdagi çegarada sanitar-epidemiologik nazoratni kuçaytirişga buyruq berdi. Bu haqda The Straits Times naşri xabar bermoqda.
"Çegara punktlarida maxsus brigadalar navbatçilik qiladi, yuqori haroratni aniqlovçi maxsus texnika örnatildi", deb aytdi Malayziya boş şifokori Hişam Abdulloh. Uning aytişiça, "mamlakat aeroportlarida Singapurdan kelayotganlar ham alohida nazorat qilinmoqda".
Bundan taşqari, mamlakat soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Xilmi Yaxaya yaqinda qöşni davlatda bölib qaytgan va özini yomon his qilayotgan, yuqori harorati bor mamlakat aholisini zudlik bilan şifokorlarga uçraşişga çaqirdi.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, ikki davlat örtasidagi quruqlikdagi çegarani har kuni 300 mingga yaqin odam kesib ötadi. Köplab malayziyaliklar har kuni Singapurga işlagani keladilar, farzandlarini öqişga olib keladilar.
Singapur hukumati 27 avgustda mamlakat içida Zika virusining birinçi yuqişi holati haqida xabar bergan, keyingi kun – 28 avgustda esa 41 ta bunday holat yuz bergani qayd qilingan. Bu orada kasallanganlardan 34 nafari töliq soğayib ketgan.












