Malayziyaning Paxang ştati Raub tumanidagi Klau daryosida yana bir piranya tutildi. Bu haqda atrof-muhitni muhofaza qiliş bilan şuğullanuvçi Jejak Air Tawar taşkiloti xabar berdi.
Dastlabki baholaşlarga köra, tutilgan baliq oddiy yoki qizil qorinli piranya - Pygocentrus nattereri turiga mansub bölişi mumkin. Uşbu turning tabiiy yaşaş hududi Janubiy Amerika daryolari hisoblanadi. Malayziya suv havzalarida esa piranyalar mahalliy tur emas va invaziv organizm sifatida baholanadi.
Birinçi piranya 26-avgust kuni Klau töğoni yaqinida baliqçilar töriga tuşgan edi. Oradan bir oyga yaqin vaqt ötib, xuddi şu hududdagi daryodan ikkinçi şunga öxşaş baliq tutildi.
Malayziya Baliqçilik departamenti mamlakat suv havzalarida qizil qorinli piranyalarning barqaror populyatsiyasi mavjudligi haqida hozirça maʼlumot yöqligini bildirdi. Şu sababli ikki baliqning tutilişi ularning daryoda köpayib ketganini tasdiqlamaydi. Biroq qisqa vaqt içida ikkita namuna aniqlangani mutaxassislarda jiddiy xavotir uyğotgan.
Birinçi baliqni örganiş imkoni bölmagan
Avgust oyida tutilgan birinçi baliq faqat surat orqali örganilgan. Mutaxassislar taşqi belgilariga qarab uni Pygocentrus turkumiga kiritgan, biroq faqat fotosurat asosida baliqning aniq turini kafolatli belgilaş mumkin emasligi qayd etilgan.
Baliqni tutgan şaxs uning nobud bölgani va keyinçalik taşlab yuborilganini aytgan. Şuning uçun mutaxassislar birinçi namunani bevosita tekşiriş, ölçamlarini qayd etiş yoki genetik tahlil ötkaziş imkoniga ega bölmagan.
Ikkinçi holatda Jejak Air Tawar vakillari baliqçi bilan boğlanib, undan bir neçta surat va videolarni olgan. Materiallarni örgangan mutaxassislar ikkinçi baliq ham avvalgisi bilan bir turga mansub, degan dastlabki xulosaga kelgan.
Piranyalarni kimdir suvga qöyib yuborgan bölişi mumkin
Ekologlarning taxminiça, piranyalarni kimdir ataylab yoki ehtiyotsizlik oqibatida suv havzasiga taşlab yuborgan. Biroq ular töğridan töğri daryoga qöyib yuborilganmi yoki avval Klau suv omboriga taşlanganmi - hozirça nomaʼlum.
Suv havzasiga neçta piranya çiqarib yuborilgani ham aniq emas. Jejak Air Tawar taşkiloti vakillarining taʼkidlaşiça, bunday baliqlar köpinça yakka emas, balki bir guruh holda qöyib yuboriladi. Şuning uçun daryoda yana boşqa piranyalar bölişi ehtimoli istisno qilinmayapti.












