Şri-Lanka politsiyasi 29 avgust mamlakat rahbari Maytripala Sirisenaning saytini buzib kirgan va u yerda bitiruv imtihonlarini keçiktirişga çaqiruvçi xabar qoldirgan 17 yoşli ösmirni qölga oldi, deb xabar beradi Assoşieyted Press agentligi.
"Biz xakerning hujumlarini kuzatdik va bu kuzatuv uning Kaduganavvadagi uyiga borişimizga sababçi böldi. Sayt dam oliş kuni hujumdan söng işlamay qoldi", — deydi mahalliy politsiya vakili.
Xaker saytning asosiy sahifasini öçirib yuborgan va uning örniga saytda mamlakat rahbaridan maktablardagi yakuniy imtihon kunini keçiktirişini yoki iste'foga çiqişini talab qiluvçi xabar qoldirgan.
Ismi oşkor etilmagan ösmir kompyuter yordamida amalga oşirgan jinoyati uçun hibsga olindi. Xabar qilinişiça, uni 300 ming rupiy (2000 dollar) miqdorida jarima, şuningdek, 3 yilgaça qamoq jazosi kutmoqda.
Duşanba kuni Şri-Lanka prezidentining rasmiy sayti qayta işga tuşirildi.












