Şri-Lanka poytaxti Kolombo şahridagi Bandaranaike xalqaro aeroportida 22 nafar buddaviy rohib qölga olindi, ularning yukidan 110 kilogrammdan ortiq Kuş navli kuçli kannabis topildi. Sayohatni uyuştirgan yana bir rohib keyinçalik poytaxt çekkasida uşlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Şri-Lanka bojxona xizmati ma’lumotlariga köra, rohiblarning har biri (asosan talabalar) jomadonlar içiga ustalik bilan yaşirilgan 5 kg ga yaqin giyohvand moddasini olib yurgan. Guruh noma’lum homiy tomonidan taşkil etilgan Tailanddagi tört kunlik töliq haq tölanadigan ta’tildan qaytayotgan edi.

Hibsga olinganlardan biri (sayohatga uçmagan 23-rohib) boşqalarni «bu xayr-ehson» va jönatmalarni olib ketiş uçun furgon kelişiga işontirgan.

Barça qölga olinganlar politsiyaga topşirildi. Tergov olib borilmoqda. Giyohvand moddalar millionlab dollarga baholanmoqda.

Bu voqea rohiblar alohida hurmatga sazovor bölgan buddaviylar mamlakatida hayrat uyğotdi.