Eronning Hind okeanida, Şri-Lanka sohillari yaqinida (Erondan ikki ming kilometr masofada) suzayotgan «Dena» nomli fregati 4 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 5:08 da halokat signali yuborgan va çökişni boşlagan.

Şri-Lanka harbiy-dengiz kuçlari qutqaruv amaliyoti ötkaziş uçun kema va samolyotlarini yuborgan, ammo ular voqea joyiga yetib kelişganida fregatdan «faqat neft doğlari va qutqaruv sollari» qolgandi. «Biz suv yuzasida suzib yurgan odamlarni topdik», – deya qöşimça qilgan u.

Eron fregati halokatga uçragani haqida birinçi bölib Reuters agentligi xabar tarqatdi, unda kema suvosti kemasi zarbasi natijasida çökişni boşlagani aytilgandi – xabarda kemaga kim hujum qilganiga aniqlik kiritilmagandi. Dastlabki xabarlar çiqqanida qurbonlar haqida işonçli ma’lumot yöq edi. Şu bilan birga, 101 nafar dengizçining taqdiri noma’lum bölib qolayotgani aytilgandi.

Bir neça soat ötganidan keyin Pentagon rahbari Pit Hegset brifingda Eronning «xalqaro suvlarda özini xavfsizlikdaman deb hisoblagan» harbiy kemasi Amerika suvosti kemasi tomonidan çöktirib yuborilganini aytdi. Hegset bu «Ikkinçi jahon uruşi davridan beri duşman kemasi ilk bor torpeda bilan çöktirilişi» bölganini qayd etdi. «Öşa uruşda bölgani kabi – unda biz hali mudofaa vazirligi edik – ğalaba uçun kuraşmoqdamiz», – degan Pentagon rahbari.

Amerika suvosti kemasi oxirgi bor Ikkinçi jahon uruşi davrida harbiy kemani torpeda bilan çöktirgandi – öşanda Amerikaning USS Torsk suvosti kemasi nişoni yaponlarning «Kaybokan» nomli sohil qöriqlaş xizmati fregati bölgandi. Military.com resursida yozilişiça, bu 1945 yil 14 avgustida, Yapon dengizida röy bergan. Keyingi kuni Yaponiya taslim bölganini e’lon qilgan.

Agar gap faqat AQŞ harbiy-dengiz floti emas, butun dunyo tarixi haqida ketadigan bölsa, suvosti kemasi duşman kemasini çöktirib yuborişi bilan boğliq oxirgi holat 1982 yilda Folklend uruşi vaqtida kuzatilgandi – öşanda Buyuk Britaniya qirollik flotining atom submarinasi Argentinaning «General Belgrano» kreyseriga torpeda bilan zarba bergandi.

AQŞ qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi boşliği Jyeyms Keyn fregat AQŞ harbiy-dengiz kuçlari suvosti kemasidan uçirilgan Mark 48 rusumli oğir torpedasi bilan çöktirilganini tasdiqladi. Pentagon tomonidan e’lon qilingan videoda Eron fregatining quyruq qismida kuçli portlaş röy bergani, şundan keyin u suv tubiga ketgani aks etgan. Fox News ma’lumotiga köra, bunday torpedaning bittasining narxi – 4,2 million dollar atrofida böladi.

Şri-Lanka hukumatining sönggi ma’lumotlariga köra, fregatga zarba oqibatida kamida 87 kişi halok bölgan – ularning jasadlari halokat joyidan topilgan. Yana 32 kişi Şri-Lanka harbiy-dengiz kuçlari tomonidan qutqarilgan, ular şifoxonaga olib borilgan. Turli ma’lumotlarga köra, fregat bortida jami 130 dan 180 gaça odam bölgan – qolgan dengizçilar bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.