KXDRda mamlakat yetakçisi Kim Çen In buyruğiga binoan 2 nafar yuqori mansabli amaldor omma oldida qatl etilgan. Bu xaqda Janubiy Koreyaning JoongAng Ilbo gazetasi xabar tarqatgan.

Xabarda yozilişiça, sobiq qişloq xöjalik vazirligi Xvan Min va ta'lim vazirligida yuqori lavozimda faoliyat körsatgan Ri Yon Çjin omma oldida zenit pulemyotidan öqqa tutilgan.

Qatl Kim Çen Inning şaxsiy buyruği bilan Pxenyandagi harbiy akademiya hovlisida amalga oşirilgan.

Xvan Minning otilişiga u Kim Çen Inga qarşi körsatma berişda ayblangani sabab bölgan. KXDR yetakçisi uning harakatlarini «şaxsiy da'vat sifatida qabul qilgan».

Li Çon esa majlis çoğida Kim Çen In nutq sözlayotganida uxlab qolgaç, darhol hibsga olingan va qizğin söroq qilinib, söng korrupsiyada ayblangan va qatl qilingan.

Naşrda yozilişiça, bu ma'lumot tasdiqlansa, bu qatl Kim Çen In hokimiyat tepasiga kelganidan buyon omma oldida amalga oşirilgan ilk qatl sifatida hisoblanadi.

Xabarda aytilişiça, bu qatllar şimoliy koreyalik diplomatlarning va turli darajadagi amaldorlarning mamlakatdan qoçib ketayotgani borasidagi tekşiruvlar natijasi bölişi ham mumkin.

1 avgust kuni şimoliy koreyalik amaldor 40 mln dollar miqdoridagi mablağ bilan Xitoyga qoçib ötgani haqida xabar berilgandi.