AQŞ prezidenti Donald Tramp 19-avgust kuni jurnalistlar bilan suhbatda KXDR rahbari Kim Çen In bilan joriy yil oxiriga qadar uçraşişni rejalaştirayotganini ma’lum qildi.
Oq uy yaqinida qurilayotgan yangi vertolyot maydonçasini közdan keçiriş çoğida Trampdan Kim Çen In bilan uçraşiş rejasi bor-yöqligi söralgan. AQŞ prezidenti bunga «Ha, rejalaştiryapman», deb javob bergan.
Trampning ta’kidlaşiça, hozirda Şimoliy Koreya ixtiyorida «57 ta juda kuçli yadroviy jangovar kallak» mavjud.
«Biz bunga heç qaçon yöl qöymasligimiz kerak edi. Agar men prezident bölganimda, bunday holat yuz bermagan bölardi. Ammo hozir ular unda bor», - dedi Tramp.
Şu bilan birga, AQŞ rahbari Kim Çen In bilan munosabatlarini ijobiy baholadi.
«Men u bilan juda yaxşi çiqişaman. U bilan hammasi yaxşi böladi», - deya Trampning sözlarini keltiradi AFP.
Agentlik qayd etişiça, Tramp keltirgan raqam ekspertlarning mavjud baholariga yaqin. Mutaxassislar Pxenyan ixtiyorida taxminan 50–60 ta yadroviy jangovar kallak bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Tramp bunga qadar ham Şimoliy Koreya rahbari bilan yana aloqa örnatilganiga işora qilgan edi. Jurnalistlarning ikki rahbar örtasidagi muloqot qay darajada ekani haqidagi savoliga u jarayon «juda ijobiy» keçayotganini aytgan, ammo boşqa tafsilotlarni oçiqlamagan.
The Wall Street Journal 18-avgust kuni amerikalik rasmiylarga tayanib, Tramp noyabr oyida Xitoyning Şençjen şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (ATES) sammiti doirasida Kim Çen In bilan uçraşiş imkoniyatini körib çiqayotgani haqida xabar bergan.
Ayni paytda KXDR rahbarining singlisi Kim Yo Çjon 19-avgust kuni akasi va Tramp örtasidagi yangi aloqalar haqida «mutlaqo heç narsa bilmasligini» bildirdi.
Şu bilan birga, u Kim Çen In hali ham AQŞ prezidentiga nisbatan «iliq munosabatda» ekanini ta’kidlab, ikki yetakçi örtasidagi şaxsiy munosabatlarni «a’lo darajada» deb baholadi.








