DW xabariga köra, Zelenskiy bu haqda 28-sentabr, duşanba kuni keçki murojaatida maʼlum qilgan. U Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi hisobotidagi «yangi maʼlumotlar»ga tayangan.

Ukraina prezidenti sözlariga köra, ayni paytda KXDR harbiylari tayyorgarlikdan ötiş va keyinçalik Rossiyaga yuboriş uçun saralanmoqda.

Zelenskiy Rossiya rasmiylari Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun xorijliklarni yollaş kölamini oşirişni rejalaştirayotganini ham aytgan.

«Rossiya öz armiyasiga odamlarni jalb qilayotgan mamlakatlar hukumatlari bunga qarşi çora körişi muhim. Biz har bir hukumatni xabardor qilamiz», - degan u.

Janubiy Koreya razvedkasi baholaşiça, Şimoliy Koreya Rossiyani uruşda qöllab-quvvatlaş uçun jami 15 mingga yaqin harbiy xizmatçini yuborgan. Pxenyan buning evaziga Moskvadan pul, harbiy texnologiyalar va xavfsizlik kafolatlarini olayotgani taxmin qilinmoqda.

Zelenskiy avgust oyida KXDR Rossiya hududiga 30 mingdan 50 ming nafargaça harbiy joylaştiriş niyatida ekanini aytgan edi.

Bayonot Kiyev va Seul örtasidagi bahs fonida yangradi

Zelenskiyning yangi bayonoti Ukraina va Janubiy Koreya örtasida bir neça kun avval yuzaga kelgan kelişmovçilik fonida yangradi.

Janubiy Koreya prezidenti Li Çje Myon Zelenskiyni maxfiylik haqidagi kelişuvni buzganlikda ayblab, Ukraina rasmiylarini keskin tanqid qilgan. Bunga Zelenskiyning Kursk viloyatidagi janglarda Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan asir olingan ikki nafar şimoliy koreyalik askarning Seulga topşirilgani haqida oçiq maʼlum qilgani sabab bölgan.

Zelenskiy ofisi esa ikki mamlakat örtasida uşbu maʼlumotni oşkor qilmaslik böyiça kelişuv bölmaganini bildirgan. Seul bu javobni yolğon deb atagan.

Yonhap agentligi xabariga köra, 28-sentabr kuni Janubiy Koreya Taşqi işlar vazirligi Ukraina elçisi vazifasini bajaruvçini çaqirtirgan. Vazir örinbosari ukrainalik diplomatga uşbu masala yuzasidan Seulning qatʼiy pozitsiyasini yetkazgan.