Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov 3 sentabrda Özbekiston prezidentining dafn marosimida iştirok etdi. U davlatimiz rahbari haqida iliq fikrlar bildirib, Turkmanistonning köçalari va xiyobonlariga Islom Karimov nomi berilişini ma'lum qildi.
"Islom Karimov umrbod xotiramizda qoladi... Bizning nafaqat poytaxtdagi, balki butun mamlakat böylab maydonlarimiz va xiyobonlarimizga uning nomi beriladi", - dedi G.Berdimuhammedov Samarqanddagi dafn marosimida.
Şuningdek u Turkmanistonning Özbekiston xalqiga hamdardligini bildirdi.












