Prezident Şavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Turkmanistonning «Avaza» milliy sayyohlik zonasida taşkil etilgan milliy taomlar festivaliga taşrif buyurdi.

Festivalda töqqiz mamlakat – Özbekiston, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmanistonning pazandaçilik anʼanalari namoyiş etildi.

Özbekiston stendida mehmonlar yurtimizning turli hududlariga xos non va pişiriqlar, qandolat mahsulotlari hamda quritilgan mevalar bilan tanişdilar. Ularga novvoylikning köp asrlik anʼanalari haqida sözlab berildi. Oşpazlar somsaning bir neça turini, şuningdek, şivit oşi va tuxumbarak kabi Xorazm taomlarini tayyorlaş, non yopiş jarayonlarini namoyiş etdilar. Özbek palovining turli xillari va milliy oşxonamizning boşqa taomlari ham mehmonlar eʼtiboriga havola qilindi.

Ekspozitsiyadan xalq hunarmandçiligi namunalari ham örin oldi. Rişton, Buxoro, Marğilon va Samarqand hunarmandlari öz mahsulotlari hamda ularni tayyorlaşning anʼanaviy usullarini namoyiş etdilar. Milliy kuy-qöşiqlar va raqslar festivalga bayramona ruh bağişladi.

Delegatsiyalar rahbarlari Özbekiston stendi bilan tanişgaç, festivalning boşqa milliy ekspozitsiyalarini közdan keçirdilar.