Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Suhbat avvalida Şavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni Turkmaniston mustaqilligining 35 yilligi hamda Markaziy Osiyo va Ozarboyjon davlat rahbarlarining Maslahat uçraşuvi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligidagi samarali raisligi bilan tabrikladi.

Özbekiston – Turkmaniston strategik şeriklik munosabatlarini yanada çuqurlaştiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning ijobiy surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi. Yil boşidan buyon tovar ayirboşlaş hajmi barqaror ösib bormoqda, “Şovot – Toşovuz” çegaraoldi savdo zonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Özaro savdo hajmini bir neça barobar oşiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi hamda sanoat, energetika, transport, qişloq va suv xöjaligi kabi sohalarda Kooperatsiya dasturini qabul qiliş va uni ikki mamlakat hududlari darajasida ham amalga oşiriş muhimligi taʼkidlandi.

Uçraşuv yakunida Oliy darajadagi strategik şeriklik kengaşini tuziş töğrisidagi bitim imzolandi. Mazkur hujjat siyosiy muloqotni yanada çuqurlaştiriş hamda ustuvor yönalişlarda amaliy hamkorlikni kengaytiriş uçun mustahkam institutsional asos yaratadi.

Suratlar