XII Qozon Xalqaro musulmonlar kinofestivalining oçiliş marosimi din vakillari va kinomatografiya olami vakillari iştirokida duşanba kuni ötkaziladi. Bu haqda festivalning rasmiy sayti xabar beradi.
"Yulduzlar yölakçasi böylab taniqli rejissyorlar Aleksandr Proşkin, Siddiq Barmaq, Usman Saparov, Yuriy Bikov, Majid Majidi, Konstantin Lopuşanskiy, Yusuf Roziqov, aktyorlar Yuriy Nazarov, Lyudmila Xityayeva, Lyudmila Maltseva, Boris Lvoviç, Polina Tolstun, Irida Xusainova, qöşiqçilar Renat Ibragimov va Tamara Yandiyeva, kinooperator Valeriy Sevastyanov va boşqalar yurib ötişadi", — deyiladi xabarda.
Joriy yili 11 sentabrgaça davom etuvçi tanlov dasturida 33 mamlakatdan 60ta filmlar iştirok etadi. Kinofestival saytidagi ma'lumotga köra, saralaş komissiyasi 50dan ortiq davlatning 700ga yaqin filmlarini tomoşa qildi. Avvalgi yilga nisbatan joriy yildagi kinolar soni 200taga köproq.
Rossiya muftiylari kengaşi saytining ma'lumotlariga köra, tadbirda festivalning faxriy raisi, RMK rahbari şayx Ravil Gaynutdin iştirok etadi.
Forum yakuniga köra, eng yaxşi filmlar 10 nominatsiya böyiça xaykalçalar, şuningdek, maxsus sovrinlar bilan taqdirlanadi.












