Özbekiston Turizm qömitasi Toşkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda 21–22-avgust kunlari Parkent tumanida “Uzum sayli” festivalini taşkil etadi.

Festival Zarkent qişloğida ötkazilib, unda Özbekistonning turli hududlaridan kelgan fermer xöjaliklari, etnoturizm yönalişida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar hamda işlab çiqaruvçi korxonalar qatnaşadi.

Tadbir doirasida qişloq xöjaligi mahsulotlari yarmarkalari va sanoatning xalqaro brendlari iştirokida körgazmalar taşkil etilişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, uzumçilik sohasini rivojlantiriş masalalariga bağişlangan xalqaro konferensiya va forumlar ötkaziladi. Ularda soha mutaxassislari, işlab çiqaruvçilar va tadbirkorlar tajriba almaşişi kutilmoqda.

Festivalning madaniy dasturi ham turli tadbirlarga boy böladi. Xususan, milliy folklor jamoalari va estrada xonandalarining çiqişlari, xalq urf-odatlari va an’analarini namoyiş etuvçi madaniy dasturlar taşkil etiladi.

“Uzum sayli” orqali hududning uzumçilik an’analarini keng tarğib qiliş, mahalliy mahsulotlarni namoyiş etiş hamda Parkentning turizm, jumladan, etnoturizm salohiyatini oşiriş közda tutilgan.