Madaniyat vazirining birinçi örinbosari - Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov «Özbekfilm» oğir moliyaviy ahvolga tuşib qolganini maʼlum qildi.

«Hozir hal qilinişi kerak bölgan eng muhim masala – «Özbekfilm»ni asraş va uni garovdan xalos qiliş. Bugun «Özbekfilm»ning 22,9 million yevro miqdorida kredit majburiyati borligini bilarmidingiz? Studiyaning mol-mulki, jumladan, yer maydonlari ham uşbu kredit uçun garovga qöyilgan. Bu hali hammasi emas. Soliqlardan qariyb 1 milliard sömlikdan ortiq qarzdorlik töplangani sababli, kinostudiya balansidagi 12 ta avtomaşina 12 kun içida auksionga qöyilişi xavfi bor. Xodimlarning iş haqlari böyiça ham yirik qarzdorliklar şakllangan», deya yozdi u özining Telegram kanalida.

Ahmedovning qöşimça qilişiça, kinostudiya bir yilda kamida 60 milliard sömlik buyurtma bajarmasa, özini saqlab turolmaydi. Yaʼni u amalda davlat buyurtmasiga qaram bölib qolgan. Biznes modeli yöq. Bozor mexanizmiga töliq ötilmagan.

«Bu raqamlar ortida bir asrlik özbek kinosi tarixi, uning obrösi va taqdiri turibdi. «Özbekfilm»da ne-ne buyuk rejissyorlar, aktyorlar, operatorlar, rassomlar va kino mutaxassislari öz yölini boşlagan. Xalqimiz bugun ham sevib tomoşa qiladigan köplab filmlar şu yerda yaratilgan. Şuning uçun bugungi vazifa – studiyani şunçaki saqlab qoliş emas. Uni tubdan isloh qiliş kerak», deydi Kinematografiya agentligi direktori.

Maʼlumot uçun, Kinematografiya agentligiga 2019-2024 yillarda Firdavs Abduxoliqov, 2024-2026 yillarda Şuhrat Rizayev rahbarlik qilgan.