2026 yil yanvar oyidagi Statista ma’lumotlari asosida tuzilgan reytingda jahon kinosi tarixida eng köp daromad keltirgan 20 nafar rejissyorning umumiy kassa yiğimlari hisoblab çiqilgan. Hisob-kitobga 2026 yilda prokatga çiqqan va hali namoyişi yakunlanmagan filmlar kiritilmagan.
Reyting yetakçisi Stiven Spilberg bölib, u faoliyati davomida suratga olgan 37 ta badiiy film jahon prokatida 10,7 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan. Uning eng muvaffaqiyatli filmi «Yura davri boği» (Jurassic Park) bölib, uşbu kartina bir milliard dollardan ziyod kassa yiğimini töplagan.
Spilbergning maşhur asarlari qatoriga «Jağlar», «Özga sayyoralik», «Oddiy askar Rayanni qutqariş» hamda yetti marta «Oskar» mukofotiga sazovor bölgan «Şindler röyxati» kiradi.

Ikkinçi örinni filmlari 9,8 milliard dollar daromad keltirgan Jyeyms Kemeron egalladi. Uning «Titanik», «Avatar», «Terminator» va «Özga» kabi filmlari jahon kinosida eng maşhur loyihalardan sanaladi. Ayniqsa, «Avatar» franşizasi Kemeronning asosiy muvaffaqiyatiga aylangan.
Reytingda şuningdek, Marvel filmlari bilan tanilgan Entoni va Jo Russo, «Uzuklar hukmdori» va «Xobbit» trilogiyalari muallifi Piter Jyekson, «Transformerlar» franşizasi rejissyori Maykl Bey ham yuqori örinlarni egallagan.
Taniqli rejissyor Kristofer Nolan ham eng köp daromad keltirgan kinomualliflar qatoridan joy olgan. Uning filmlari jami 6,1 milliard dollardan ortiq kassa yiğimini töplagan. Nolanning eng katta tijoriy muvaffaqiyati esa Betmen haqidagi trilogiyaning yakuniy qismi - «Qora ritsar: Afsonaning yuksalişi» filmi bölgan.
Mutaxassislar ta’kidlaşiça, reytingdagi rejissyorlarning aksariyati eng katta moliyaviy muvaffaqiyatga yirik kinofranşizalar yoki maşhur asarlar ekranlaştiruvi orqali erişgan.








