"Matç TV" telekanali Rio-de-Janeyrodagi Paralimpiya öyinlarini translyatsiya qilmaydi. Bu haqda telekanal matbuot xizmati xabar bergan.

"Matç TV" hamişa Paralimpiyaçilar tomonida. Subxolding Riodagi Paralimpiya öyinlarini yoritiş majburiyatini olmagan. Şu tufayli faqatgina yangiliklar dasturidagi ma'lumotlar bilan kifoyalanamiz", deyilgan xabarda.

Uning örniga telekanalda Paralimpiadadan çetlatilgan rossiyalik paralimpiyaçilar uçun Podmoskoveda taşkil qilingan alohida turnir yoritib boriladi.

Xalqaro Paralimpiya qömitasi Rossiya paralimpiya qömitasini doping mojarolari fonida 2016 yilgi Paralimpiadadan çetlatgandi. XPK 175 nafar rossiyalik paralimpiyaçiga turnirda iştirok etişga ruxsat bermagan.

Bunga asosiy sabab sifatida Xalqaro antidoping agentligi (WADA)ning mustaqil komissiyasi rahbari Riçard Maklaren tomonidan sportdagi doping haqida taqdim qilingan hisoboti körsatildi.