Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan G20 sammiti doirasida Rossiya va AQŞ prezidentlari Vladimir Putin va Barak Obama bilan qöşimça muzokaralar ötkazdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Erdöğan AQŞ va Rossiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uçraşuvlardan söng yana bittadan uçraşuv ötkazdi. Anqara Turkiya çegaralari hududida terrorçilik xavfini yöqotiş masalasi böyiça töliq qöllab-quvvatlov oldi. Hozir bu hududni kengaytiriş lozim. Şuning uçun muxolifat kuçlari yangi hududlarni ozod qilib Suriya içiga kirib bormoqda", deb aytdi Erdöğan matbuot kotibi Ibrohim Qalin.
Qalin IŞID terrorçilik guruhi Turkiya çegaralariga allaqaçon xavf solmayotganini qöşimça qildi. Uning aytişiça, avval jangarilar tomonidan nazorat qilingan Turkiya-Suriya çegarasidagi 90 km lik hudud terrorçilardan tozalangan.












