MDH davlatlari politsiya boşqarmalari transçegaraviy jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça birgalikdagi çora-tadbirlar davlatlararo dasturini işlab çiqişadi. Bunday topşiriq 6 sentabrda Sankt-Peterburgda bölib ötgan, MDH davlatlari içki işlar vazirlari kengaşi yakunlariga köra MDHda uyuşgan jinoyatçilik va jinoyatçilikning xavfli turlariga qarşi kuraşişni muvofiqlaştiriş byurosi tomonidan berildi.

Rossiya içki işlar vazirligi matbuot markazining ma'lum qilişiça, kengaşda Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Moldova, Tojikiston, Ozarbayjon,  Armaniston içki işlar vazirlari hamda MDHning ijroçi kotibi Sergey Lebedev va MDH davlatlarining mutassadi rahbarlari iştirok etdilar.
Dastur 2019-2023 yillarga möljallanadi.
Kengaşda, jumladan, öğrilangan transport vositalarini izlaş va qaytariş böyiça hamkorlikni kengaytiriş qarori qabul qilindi. 

Giyohvand moddalar noqonuniy bozorida sintetik giyohvand moddalar uluşining köpayişi sababli uning qayta şakllanişi va bunday giyohvand moddalar miqdorining keskin ortişi bilan boğliq holda bu sohada faoliyat yurituvçi huquq-tartibot muassasalari özaro harakatlarining yangi algoritmi işlab çiqildi.

"Bundan taşqari, ekstremistik xarakterdagi xavflarga içki işlar idoralarining javob berişi, MDH fuqarolarining Yaqin Şarq mintaqasida qurolli mojarolarda iştirok etayotgan noqonuniy tuzilmalarga jalb qilinişiga qarşi kuraş böyiça muhim qarorlar qabul qilindi", deyilmoqda xabarda.