Toşkent şahridagi Inha universiteti professor yordamçisi Sarvar Nişonboyev Buyuk Britaniyadagi universitetning magistraturasida ta'lim oliş imkonini beradigan Chevening stipendiyasini yutib oldi. Bu haqida IUT rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Sarvar Nişonboyev Toşkent şahridagi Inha universitetida dasturlaş böyiça professor yordamçisi bölib işlaydi. U bakalavr va magistratura yönalişlari böyiça Toşkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olgan.
Toşkent şahridagi Inha universiteti öqituvçisi joriy yilda Buyuk Britaniya hukumatining Chevening dasturi tanlovidan muvaffaqiyatli ötdi va dunyoning qadimiy universitetlaridan birida ta'lim oliş huquqini qölga kiritdi.
Sarvar Nişonboyev şunday dedi: “Men Buyuk Britaniyada ta'lim olişni orzu qilar edim va mening orzuim amalga oşdi. 2015-yilning noyabr oyida Chevening dasturiga hujjatlarimni topşirdim va yaqinda Chevening stipendiyasini yutib olganligim töğrisida xat oldim”.
“Dastur talabiga köra, ta'lim oliş uçun uçta Britaniya universitetini tanladim va hujjatlarimni topşirdim. Edinburg Universiteti va Lids Universitetida öqişga qabul qilindim. Men öylab körib, Edinburg Universitetini tanladim. Mazkur universitet dunyoning eng qadimiy oliy öquv yurtlaridan biridir,” – dedi u.
Nişonboyevning aytişiça, Edinburg Universitetida u informatika (Computer Science) yönalişi böyiça magistraturada ta'lim oladi. “Magistraturada ta'lim olib bölgaç, men bilim olişni davom ettirmoqçiman va doktorlik (Ph.D) darajasini oliş istagim bor. Keyinçalik esa albatta öz yurtimda özbekistonlik yoşlarga ta'lim beriş niyatim bor”, - dedi u.












