«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, mazkur taşabbus Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo hamkorligini mustahkamlaşga bağişlangan xalqaro seminarda muhokama qilingan.
Tadbir Vengriya poytaxtida Lorand Etvyoş nomidagi universitet va Korvin universiteti tomonidan taşkil etilgan. Unda Yevropa Ittifoqi, Vengriya, diplomatik korpus, şuningdek, Yevropa va Markaziy Osiyoning ilmiy hamda ekspert-tahliliy doiralari vakillari qatnaşgan.
Özbekiston nomidan elçi Oybek Şaxavdinov hamda mamlakatning ilmiy va tahliliy muassasalari delegatsiyasi iştirok etgan.
Uçraşuvda iqlim özgarişi, suv va energetika xavfsizligi, transport yölaklarini rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb qiliş hamda ilmiy-taʼlimiy aloqalarni kengaytiriş masalalari körib çiqilgan.
Özbekiston elçisi mamlakatdagi islohotlar natijalari va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikning ustuvor yönalişlarini taqdim etgan. Bunda 2025-yil aprelda Samarqandda ötkazilgan birinçi «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» sammiti kelişuvlarini amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratilgan.
Tomonlar Global Gateway taşabbusi imkoniyatlaridan foydalaniş, «yaşil» energetika va transport infratuzilmasini rivojlantiriş, öta muhim xomaşyo materiallarini qayta işlaş, suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş hamda malakali kadrlar tayyorlaş masalalarini muhokama qilgan.
Özbekiston vakillari suv diplomatiyasi va transçegaraviy suv resurslarini barqaror boşqariş böyiça ekspertlik munozaralarida ham qatnaşgan. Qöşma magistrlik dasturi orqali uşbu yönalişlarda yangi avlod mutaxassislarini tayyorlaş imkoniyati alohida körib çiqilgan.
Tadbir yakunida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi örtasida qöşma tadqiqotlar olib boriş hamda amaliy hamkorlikning istiqbolli yönalişlari belgilab olingan.

















