Xabarlarga köra, tayinlov töğrisidagi buyruqni oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri imzolagan.
Saodat Nosirova bunga qadar Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy nomidagi Özbek-Xitoy instituti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Oliygohning avvalgi rahbari Gulçehra Rixsiyeva 2019-yil iyun oyida, muassasa hali Toşkent davlat şarqşunoslik instituti maqomida bölgan paytda rektor etib tayinlangan. Öşanda u uzoq yillar institutni boşqargan Abdurahim Mannonovning örnini egallagan edi.
Gulçehra Rixsiyeva 1971-yilda tuğilgan, 1993-yilda Toşkent davlat universitetini tamomlagan. Rektorlikka tayinlanişidan oldin Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi örinbosari bölib işlagan.
U rahbarlik qilgan davrda, 2020-yilda oliygoh Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti sifatida qayta taşkil etilgan.
Yangi tayinlov haqidagi xabarda Gulçehra Rixsiyevaning lavozimdan ketiş sababi yoki keyingi iş faoliyati haqida maʼlumot keltirilmagan.













