Özbekiston musulmonlari idorasining axborotiga köra, yurtimizda 2026 yilda muborak Qurbon hayiti 27 may sanasiga töğri kelmoqda.

Nomidan ham körinib turibdiki, uşbu uluğ ayyomda musulmonlar qurbonlik qilişi bilan ajralib turadi. Kun.uz Özbekiston musulmonlari idorasi ma’lumotlariga tayanib, qurbonlik, uning hukmlari va odoblariga doir ma’lumotlarni taqdim qilmoqda.

Qurbonlik qanday amal?

Qurbonlik luğatda «yaqinlaşmoq», «yaqin bölmoq» ma’nolarini bildirib, istilohda bu söz Allohga qurbat hosil qiliş maqsadida jonliq söyişni anglatadi.

Qurbonlik Islom dinining vojib bölgan uluğ amallaridan biridir. Alloh taolo Qur’oni karimning Kavsar surasi 2-oyatida şunday marhamat qiladi: «Parvardigoringiz uçungina namoz öqing va qurbonlik qiling».

Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Qurbon hayiti kuni erta bilan özlari qurbonlik qilardi va boşqalarni ham qurbonlik qilişga tarğib etardi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Imkoniyati böla turib, qurbonlik qilmagan kimsa namozgohimizga yaqinlaşmasin», degan.

Qurbonlikning tarixi

Qurbonlik hijriy ikkinçi yil vojib bölgan. Ammo uning tarixi ança uzoqlarga – Ibrohim alayhissalom zamonlariga borib taqaladi va u zotdan bizga qolgan amallardandir. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qurbonlik qilinglar! Albatta, u otamiz Ibrohim alayhissalomning sunnatlaridir», degan.

Qurbonlikdan maqsad nima?

Qurbonlik qilişdan maqsad banda özining Alloh amriga itoatini, taqvosini namoyon etişdir. Alloh taolo banda söygan hayvonning göştiga ham, qoniga ham muhtoj emas. Haj surasining 37-oyatida şunday deyiladi: