«Bismillahir Rohmanir Rohim. Hozir yurtimizda karantin davom etayotgani va ayni qurbonlik kunlarida transport harakati çeklangani sababli qurbonlik qilişda ba'zi qiyinçiliklar bölişi tabiiy.
Qurbonlik vojib bölgan yurtdoşlarimiz imkon qadar qöy sotib olib, qurbonlik qilişadi. Buning iloji bölmasa, qöy topa oladigan biror kişini topib, uni sotib oliş va qurbonlik qilişga vakil qiladi. Çunki Qurbonlik qilişda özidan boşqasini vakil va örinbosar qiliş joizdir. Agar bir kişi boşqa odamni qurbonlikka vakil qilsa, jonivorni sotib oliş va söyiş vaqtida vakil qurbonlikni niyat qilişi kifoya qiladi. Sotib olişda narxi kelişilsa kifoya, pulini nasiya ham qiliş mumkin. Telefon yoki biror vosita orqali biror kişini «meni nomimdan qurbonlik qilgin», deb vakil qilsa, vakilning qurbonligi uning nomidan ötadi.
Hanafiy mazhabiga köra boy (ya'ni, nisob miqdoriga ega) kişilarning qurbonlik qilişi vojibdir. Buning ustiga qurbonlik ibodati qon oqizişga boğlangan bölib, qiymatni sadaqa qiliş bilan ado bölmaydi. Bu haqda alloma Alouddin Kosoniy rahimahulloh şunday deydilar:
«Bir kişi qurbonlik kunlarida qöyning özini yoki qiymatini sadaqa qilsa, qurbonlik örniga ötmaydi. Çunki qurbonlikning vojibligi qon oqizişga boğliqdir. Asl qoida şuki, agar vojiblik ayni bir işga boğliq bölsa, uning örniga boşqasi ötmaydi...» («Badoye'us sanoye'» kitobidan).
Qurbonlik qilişi vojib bölgan, boy kişi qurbonlik kunlarida jonliq söya olmasa-yu, qurbonlik kunlari ötib ketsa, qazosi uçun örtaça qöyni qiymatini sadaqa qilişi vojib böladi. Ammo faqir kişi qurbonlik uçun jonliq sotib olib, uni qurbonlik kunlarida söyolmagan bölsa, qazosi uçun jonliqni tirik holida sadaqa qiladi. Lekin, bunday sadaqa qiliş bilan öz vaqtida söyilgan qurbonlikka va'da qilingan savobga erişilmaydi.
Qurbonlik göştini taqsimlaş va tarqatişga kelsak, uşbu amal şariatimizda mustahab amal hisoblanadi. Bugungi epidemiologik talablar qat'iy belgilangan bir paytda vaziyatdan kelib çiqib, göştni tarqatiş aynan hayit kunlarida bölişi şart emas. Balki, keyinçalik ham tarqatilişi mumkin. Vakil orqali uzoqroq joyda qurbonlik qildirganlar, xohlasalar öşa joyda tarqatişlari ham joiz. Vallohu a'lam», - deyiladi ÖMI xabarida.
Ma'lumot uçun, ma'lum sabablarga köra Qurbon hayiti umuman öqilmaydigan şaharlar göyo qişloq va sahrolar hukmida bölib, bunday joylarda hayit kuni tong otgandan keyin qurbonlik qiliş joiz. Lekin quyoş çiqqandan keyin qurbonlik qiliş mustahabdir


















