Reddit foydalanuvçisi matematika öqituvçisi testga öz yuzini taniş böyiça savolni kiritgani haqida hikoya qilib berdi. Bu holatga Meduza muxbiri e'tibor qaratgan va naşrda şu haqda xabar yozilgan.

Mazkur test varağidagi sanaga köra, matematika böyiça testga bunday vazifa kiritilişi hodisasi 2015 yilning noyabr oyida röy bergandi. Öqituvçi test savoliga körinişidan şarqiy osiyoliklarni eslatuvçi 4 kişining suratini joylaştirib, ular orasida qaysi biri özi ekanini topişni söragan.

«Çorakning deyarli yarmi ortda qoldi. Men hamma meni taniydi, deb öylayman. Savol şunday: Qaysi surat meniki?», – deyilgan savolda.

Töğri javob uçun öquvçiga 1 ball berilgan.

Reddit foydalanuvçisining bildirişiça, u savolga töğri javob qaytargan, çunki u hamişa darslarga kelgan. Öqituvçi esa doimiy ravişda yöqlama qilib bormas edi. Test sinovi vaqtida ham u sinfxonada bölmagan.