PISA xalqaro baholaş dasturi öquvçilarning matematik bilimlarinigina emas, ularni amaliy vaziyatlarda qöllaş qobiliyatini ham tekşiradi.

Naked Science naşri Eurostat maʼlumotlariga tayanib yozişiça, 2018-yil bilan taqqoslaganda Yevropaning deyarli barça mamlakatlarida matematikadan past natija körsatgan öquvçilar uluşi oşgan.

Jumladan, Şimoliy Makedoniyada bazaviy darajaga yetmaganlar uluşi 61 foizdan 68 foizga kötarilgan. Bolgariya, Kipr, Çernogoriya, Serbiya va Ruminiyada ham öquvçilarning yarmidan köpi mazkur darajaga yeta olmagan.

Keltirilgan taqqoslaşda eng yaxşi körsatkiç Estoniyada qayd etilgan: matematik savodxonligi bazaviy darajadan past bölgan öquvçilar uluşi 17,2 foizni taşkil qilgan. Biroq bu mamlakatda ham natija yomonlaşgan - 2018-yilda körsatkiç 10,2 foiz edi.

Şveysariyada bazaviy darajaga yetmagan öquvçilar uluşi 23,2 foiz, Irlandiyada esa 24,2 foiz bölgan.

Turkiya taqqoslaşga kiritilgan mamlakatlar orasida uşbu körsatkiç biroz yaxşilangan yagona davlat bölgan. U yerda past natija körsatgan öquvçilar uluşi 2018-yildagi 36,6 foizdan 2025-yilda 35,7 foizga tuşgan.

Eng keskin yomonlaşuv Norvegiyada kuzatilgan. Mamlakatda matematikadan bazaviy darajaga yetmaganlar uluşi 18,9 foizdan 38 foizga kötarilib, qariyb ikki baravar oşgan. Kipr, Sloveniya va Islandiyada ham sezilarli pasayiş qayd etilgan.

PISA matematik savodxonlikni oltita asosiy daraja böyiça baholaydi. Ikkinçi daraja bazaviy hisoblanadi: unga yetgan öquvçi zamonaviy jamiyatda yaşaş va işlaş uçun zarur bölgan eng kam matematik könikmalarga ega deb qaraladi.

Bazaviy darajaga yetmaslik öquvçi matematikani umuman bilmaydi degani emas. Bu uning bilimlarini amaliy masalalarni yeçişda qöllaş könikmasi belgilangan minimal mezonga yetmaganini anglatadi.