Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan.
Nizomning 7-bandiga koʻra, malaka toifasini umrbod saqlab qolish huquqiga ega pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
Biroq ular yuqoriroq malaka toifasi yoki ustama olish uchun oʻz xohishi bilan navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishi mumkin.
Nizomning 44-bandiga asosan, navbatdan tashqari attestatsiyada yetarli ball toʻplay olmagan pedagogning malaka toifasi pasaytirilmaydi. Uning amaldagi toifasi va shu toifa boʻyicha ish haqi saqlanadi.
Yaʼni ixtiyoriy sinovda kutilgan natijaga erisha olmaslik oʻqituvchining avvalgi malaka toifasidan mahrum boʻlishiga olib kelmaydi.
















