Şveytsariyaning Tsyurix şahrida NATOning agressiv siyosatçilariga qarşi aksilharbiy namoyişlar ötkazildi. Namoyiş iştirokçilari şahar böylab Şveytsariya va Rossiya bayroqlarini kötarib ötişgan.

"Biz öz sözini aytişni istagan har bir kişiga söz berdik. Keyin biz Rossiya bayroqlari ranglaridagi 30ta qizil, oq va kök şarlarni uçirdik", degan faollardan biri Maksim Groo TASS uçun bergan intervyusida.

Uning sözlariga köra, aksiyadan maqsad Şimoliy Atlantika blokining agressiv harakatlariga dunyo hamjamiyati e'tiborini jalb etiş hisoblanadi.

"Bu barça guvoh bölib turgan holat, NATO har qayerda özgalarning işlariga aralaşadi va şunçaki odamlarni öldiradi. Iyulda Varşava şahrida ötkazilgan NATO sammiti esa alyansning surbetligini yana bir bor körsatdi. Axir aynan Varşava şahrida öz vaqtida NATOga qarşi davlatlar "Varşava şartomasi"ni imzolaşgandi. Taşkilot bunday siyosat yuritiş orqali osonlik bilan uruş keltirib çiqarişi mumkin", deya qayd etgan Groo.