Turkiya Harbiy-havo kuçlari tarkibidagi samolyotlar Suriya şimolidagi harbiy amaliyotlar davomida IŞIDning yana 20 nafar jangarisini yöq qildi. Bu haqda Turkiya Qurolli kuçlari boş ştabi ma'lum qilgan.

"Frot qalqoni" amaliyoti davomida 10 sentabr kunining ikkinçi yarmida Turkiya samolyotlari Suriyaning At-Tell şahrida amaliyot ötkazdi. IŞIDga tegişli 3ta bino, 1ta mototsikl va 1ta avtomobil hamda 20 nafar jangari yöq qilindi", deya Turkiya tomoni xabarini keltirgan RIA Novosti.

24 avgust kuni Turkiya hukumati Suriya şimolida IŞID jangarilariga qarşi "Frot qalqoni" nomli keng kölamli harbiy amaliyot boşladi. Suriya muxolifatini qöllab-quvvatlab Suriyaga kirgan Turkiya harbiylari ilk hujumlardan keyinoq Jarablus şahrini jangarilardan ozod qildi. Keyinroq Turkiya bu harbiy amaliyotlarni hududdagi kurdlarga qarşi ham ötkazayotgani ma'lum böldi.