Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev bugun Özbekistonga işçi taşrifi davomida Samarqandda Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Nursulton Nazarboyev Samarqanddagi Hazrati Xizr masjidi hududidagi Islom Karimov qabriga gullar qöydi va Islom Karimovning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi.


Qozoğiston rahbari yiğilganlarga yuzlanib, Islom Karimov bilan uzoq yillar davomida döst bölib kelgani, u bilan hamişa bir-birini yaxşi tuşungani haqida sözlagan.
"Işonaman, özbekistonliklarning keyingi avlodi hamişa Islom Karimovni yodda saqlaydi. Uning merosi, davlat arbobi sifatidagi faoliyatidan qozonilgan tajribalar kelgusi avlod tomonidan örganiladi. U amalga oşirgan işlar esa özbek xalqi tarixiga oltin harflar bilan bitiladi. U butun dunyoga xalq farovonligi uçun mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oşirgan islohotçi sifatida ma'lum siyosiy yetakçi edi. Biz buyuk insonni yöqotdik", degan Nursulton Nazarboyev.
Nursulton Nazarboyev Özbekistonning birinçi prezidenti ikki xalqning tarixiy aloqalari mustahkamlanişidagi örnini e'tirof etgan.
"Qozoq va özbek xalqlari har doim bir-biriga yelkadoş bölgan. Biz Islom Abduğaniyeviç bilan 1998 yili Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi oldida abadiy döstlik töğrisidagi bitimni imzolaganmiz va bizning munosabatlarimiz har doim şu bitimga asoslangan. Qozoğiston har doim özbek xalqining yonida bölgan va şunday bölib qoladi", deya qöşimça qilgan Nazarboyev.
Şuningdek, qöşni davlat rahbari işçi taşrif davomida Özbekiston prezidenti vazifasini vaqtinça bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev bilan alohida uçraşuv ötkazişni rejalaştirgan.












