Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev mamlakatning 2030-yilgaça möljallangan Taşqi siyosat konsepsiyasiga özgartirişlar kiritdi. Hujjatdan Nursulton Nazarboyevning içki va taşqi siyosat, şuningdek, davlat xavfsizligi masalalari böyiça taşabbuslar bilan xalqqa murojaat qilişdek umrbod huquqini belgilovçi band çiqarib taşlandi.
Bunday huquq Nazarboyevga «tarixiy missiyasi tufayli» davlatning birinçi rahbari sifatida berilgan edi. Bundan taşqari, hujjatning 7-bobi 1-bandida körsatilganidek, taklif etilgan taşabbuslar tegişli davlat organlari va mansabdor şaxslar tomonidan majburiy tartibda körib çiqilişi lozim edi.
Nursulton Nazarboyev 1991-yildan 2019-yilgaça Qozoğiston prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Lavozimdan ketganidan söng, u özida millat yetakçisi (Elboşi) unvonini saqlab qolgan edi, bu esa unga umrbod imtiyozlarni ta’minlagan: masalan, uşbu lavozimda va undan keyin birinçi prezident maqomida sodir etgan xatti-harakatlari uçun javobgarlikka tortilişi mumkin emas edi.
Qozoğiston Konstitutsiyaviy sudi 2023-yil boşida, yanvar oyidagi ommaviy tartibsizliklardan keyin «Qozoğiston Respublikasining Birinçi Prezidenti - Elboşi töğrisida»gi qonunni bekor qildi. Keyinçalik Nazarboyev va uning yaqin qarindoşlari köplab imtiyozlardan mahrum etildi.













