Prezident Şavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga taşrif buyurib, birinçi prezident haykali poyiga gulçambar qöydi.
“Islom Karimov mamlakatimiz tarixining ğoyat murakkab va masʼuliyatli davrida Özbekistonga rahbarlik qildi. Uning nomi mustaqillikning qölga kiritilişi, milliy davlatçiligimizning tiklanişi va yurtimizning mustaqil taraqqiyot yöliga çiqişi bilan uzviy boğliq.
Mustaqillik, eng avvalo, bizga şonu şarafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi.
Istiqlol tufayli biz özligimizni angladik, nomi hamişa eʼzozda bölgan ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik.
Şu maʼnoda, mustaqilligimizning poydevorini yaratişga, mamlakatimiz tinçligi va barqarorligini taʼminlaşga, xalqimiz farovonligi yölida xizmat qilişga katta hissa qöşgan insonlar xotirasini eʼzozlaş muhim maʼnaviy qadriyatdir”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.


Marosimda Qurʼon tilovat qilinib, duo öqildi. Islom Karimovning Özbekiston mustaqilligi, tinçlik va barqarorlikni taʼminlaş, xalq farovonligini yuksaltiriş yölidagi xizmatlari yodga olindi.


Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar vakillari, ziyolilar va Toşkent şahri jamoatçiligi ham birinçi prezident haykali poyiga gullar qöydi.
Xotira tadbirlari Samarqand va Qarşi şaharlarida ham bölib ötdi.
















