Paralimpiya öyinlarining navbatdagi kunida Özbekiston delegatsiyasi hisobiga yana ikkita bronza medali kelib tuşdi.
Suzuvçilar jamoasi Özbekiston delegatsiyasiga yana bir medal taqdim etdi. Dmitriy Xorlin 400 metrga erkin uslubda suziş böyiça saralaşdan ötib, final yöllanmasini qölga kiritgandi. U ilk metrlardanoq kuçli uçlikda bordi va finişga 3-örinda yetib keldi. U masofani 4:06.63 vaqtda bosib ötdi. Bu yönalişda oltin va kumuş medallar belaruslik Ixar Boki va ukrainalik Yaroslav Denisenkoga nasib etdi.
Pauerlifting böyiça 80 kg.gaça bölgan vazn toifasida iştirok etgan Ahror Bozorov bronza medaliga sazovor böldi. U dastlabki ikki urinişda 195 va 200 kilo ştangani kötara olmadi. Şunga qaramay, u uçinçi urinişda 207 kg.ga buyurtma berdi va uni kötarişga muvaffaq bölib uçinçi örinni egalladi. Eronlik Farzin Majid 240 kg. ştangani kötarib, jahon rekordini örnatgan holda oltin medalni qölga kiritdi. Ikkinçi örin xitoylik Siofey Guga nasib etdi.

Ayni damda umumiy reytingda 9-örinni egallab turgan Özbekiston paralimpiya terma jamoasi hisobida 6ta oltin, 4ta kumuş va 13ta bronza medali mavjud.












