London şahri markazidagi Trafalgar maydonida Birinçi jahon uruşida qöllanilgan Mark IV tankining namunasi örnatildi, deb xabar qilmoqda Bi-bi-si.

Tarix sahifalaridan ma'lumki, 1916 yil 15 sentabrda Somme daryosi böyidagi uruş maydonida ilk bora zirxli texnika – tankdan foydalana boşlaşgan. Bu, öşa yili işlab çiqilgan Mark I modelidagi tank edi. Maşina oğirligi 28 tonna bölib, uning zirxli qoplami 5 mmdan 12 mmgaça bölgan. U, 2 xil rusumda: pulemyotli va puşkali tank sifatida işlab çiqilgan. 

Unga 105 ot kuçiga ega traktorning karbyuratorli dvigateli örnatilgan bölib, soatiga 6,4 km tezlikda harakatlana olgan.