Törtta imperiyani qulatgan muhoraba – Birinçi jahon uruşi qanday boşlangandi?
|18:11 / 02.08.20267 77114 min
Bundan 112-yil avval, 1914-yil yozda Yevropada dunyo xaritasini özgartirib yuborgan uruş boşlanadi. Köp ötmay uruş Afrika va Osiyoning bir qismiga tarqalib, jahon uruşiga aylanadi. Imperalistlar boşlagan uruş oqibatda tört yirik imperiya qulaşiga olib keladi.
Tarixda juda köp uruşlar bölgan, lekin Birinçi jahon uruşi kabi dunyoning oyoğini osmondan qilgani topilmaydi. Bu çinakam «uruşlar onasi» bölgandi. Odamlar orasida köproq muhokama qilinadigan Ikkinçi jahon uruşi ham aslida ana şu Birinçi jahon uruşining «çalasi edi». Va şunday katta qirğinbarot birgina serb yigit otgan öqdan keyin boşlanib ketadi.
1914-yil 28-iyun kuni Bosniyaning Sarayevo şahrida Avstriya-Vengriya imperiyasi valiahdi ersgersog Frans Ferdinan Gavrilo Prinsip degan serb yigit tomonidan otib öldiriladi. Bu uruşning start tugmasi böladi, biroq u paytda Yevropa allaqaçon uruşga tayyorlanayotgandi. Frans Ferdinand öldirilmaganda ham, katta ehtimol biror bahona topib millionlab insonlarning boşiga yetgan maş’um uruş sodir bölardi.
Uruşdan avvalgi vaziyat
XX asr boşlarida Yevropada atigi 25 ta mustaqil davlat bor edi. Qit’aning asosiy qismi törtta imperiya – Rossiya, Germaniya, Avstriya-Vengriya va Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kirardi. Jumladan, Şarqiy Yevropaning asosiy qismidan taşqari Polşa, Finlandiya va Boltiqböyidagi Estoniya, Latviya hamda Litva Rossiya tarkibida edi.
Bolqon yarimorolidagi katta hududda turklar, Vengriya, Çexiya, Slovakiya, Ruminiya hamda Polşaning bir qismida Avstriya hukmronlik qilardi. Ular ançadan buyon zimdan raqobat qilardi.
Bu raqobat 1871-yilda Germaniya imperiya deb e’lon qilinişi ortidan boşlanadi. 1870-1871 yillarda Germaniya hamda Fransiya örtasida qisqa muddat davom etgan uruş bölib ötadi va unda fransuzlar yengiladi. Şundan söng har ikki davlat öziga ittifoqçilar qidira boşlaydi.
1873-yilda Germaniya, Avstriya-Vengriya va Rossiya «Uç imperator ittifoqi» deb nomlangan ittifoqqa birlaşadi. Köp ötmay Bolqon yarimorolida Avstriya-Vengriya va Rossiya imperiyalari manfaatlari töqnaş kelib, Rossiya ikki nemis davlati bilan tuzilgan ittifoqdan çiqib ketadi.
Şundan söng Germaniya va Avstriya-Vengriya öz ittifoqiga Afrikada Fransiya bilan raqobatlaşayotgan Italiyani qöşib oladi. Bu harbiy blok «Uçlar ittifoqi» deb deb nomlanadi. Keyinçalik ular yoniga Usmoniylar imperiyasi va Bolgariya ham qöşiladi. Fransiya esa ruslar bilan muzokara boşlab, 1891-yilda Rossiya-Fransiya ittifoqi yuzaga keladi. 1904-yilga kelib ularga Britaniya qöşilib, «Antanta» ittifoqi yuzaga keladi.
Mavzuga oid
Start tugmasi
1914-yil 28-iyun kuni Avstriya-Vengriya valiahdi Frans Ferdinand Bosniyadagi Ilidji şahridan poyezdda Sarayevo şahri tomon yölga çiqadi. Uni xos askarlari qöriqlab boradi. Şu kuni Sarayevoda Bosniyaning Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibiga qöşilganining olti yilligi tantanalari bölib ötişi lozim edi. Temiryöl vokzalida ersgersogni yuqori lavozimli şaxslar kutib oladi va ular oltita maşinadan iborat kortejga çiqişadi.
Frans Ferdinand rafiqasi Sofiya bilan usti oçiq maşinaga ötiradi. Ular yölda ketayotganida serb millatçilaridan bölgan yigit ersgersog ötirgan maşina tomonga granata uloqtiradi. Portlovçi qurilma valiahd va uning xotiniga ziyon yetkazmaydi. Ersgersog maşinani töxtatib, yaradorlarga yordam körsatişni buyuradi. Kortej yölida davom etib, şahar meriyasi joylaşgan Ratuşa binosiga boradi. U yerda Frans Ferdinand va şahar meri nutq sözlaydi. Tadbirdan söng kortej keyingi manzil tomon yöl oladi.
Serb millatçilarining yana bir vakili 19 yoşli Gavrilo Prinsip kortejni yölda kutib turardi. Ersgersog ötirgan maşina Gavriloning röparasiga kelganda u avval Frans Ferdinandga, söng uning xotiniga öq uzadi. Ersgersog va Sofiya oğir yaralanib, jon beradi.
Gavrilo Prinsip darhol qölga olinadi. Sud Avstriya-Vengriya imperiyasi qonunlariga köra voyaga yetmagan hisoblanuvçi 19 yoşli Gavriloga qamoq jazosi beradi. U 1918-yilda qamoqxonada vafot etadi.
Serb yigit valiahdni nega öldirgani tuşunarli. Gap şundaki, Bosniya aholisining asosiy qismini serblar taşkil qilar, ular Avstriya-Vengriya imperiyasi bosib olişidan avval Serbiya qirolligi tarkibida edi. 28-iyun serblar uçun muhim sana edi, şu kuni 1389-yilda turklar bilan sodir bölgan uruş qahramonlarini yod etardi. Frans-Ferdinandning Bosniya egallab olinganini 28-iyun kuni Sarayevoga kelib bayram qilişi serb millatçilarini ğazablantiradi.
Qolaversa, aynan Avstriya-Vengriya imperiyasi tomonidan Serbiya tarkibidagi Bosniyaning bosib olinişi har ikki davlat örtasidagi munosabatlarni sovuqlaştirgandi.
Uruşning boşlanişi
Frans Ferdinand öldirilgandan qariyb bir oy ötgaç 23-iyul kuni Avstriya-Vengriya imperiyasi Serbiyaga turli talab va şartlar qöyilgan önta moddadan iborat nota jönatadi. Unda imperiya valiahdining ölimini taftiş qiliş uçun Avstriya politsiyasining suriştiruv olib borişiga ruxsat beriş, Serbiyada Avstriya-Vengriya imperiyasiga qarşi tarğibotlarni töxtatiş, tarğibotlarda qatnaşgan harbiylar va amaldor şaxslarni xizmatdan çetlatiş kabi talablar ham bor edi. Notada serblarga javob beriş uçun 48 soat muhlat beriladi.
25-iyul kuni Serbiya boş vaziri Avstriya-Vengriya imperiyasining Belgraddagi elçisiga şartlarning ba’zisiga roziligi, ba’zilarini umuman qabul qilib bölmasligini bildiradi. Öşa kunning özida Avstriya-Vengriya imperiyasi qöşinlarini jangovar holatga keltirib, Belgraddan öz elçilarini çaqirib oladi. Amalda bu uruşning boşlanişi edi. 26-iyul kuni Serbiya ham umumiy safarbarlik e’lon qiladi.
Voqealarni diqqat bilan kuzatib turgan Rossiya imperiyasi ham Serbiya ortidan safarbarlik e’lon qiladi va qöşinlarni mamlakat ğarbiga köçira boşlaydi.
28-iyul kuni Avstriya-Vengriya Serbiyaga uruş e’lon qilib, armiya Serbiyaga bostirib kiradi. 29-iyul kuni Rossiya imperatori Nikolay II Germaniya imperatori Vilgelm II'ga telegramma jönatadi. Unda uruş barça uçun halokatli keçişi va şu sababli tomonlar Avstriya-Vengriya imperatorini bosiqlikka çaqirişi lozimligi ta’kidlangandi. Biroq nemislar bu telegrammani e’tiborsiz qoldiradi.
30-iyulda Germaniya armiyasi boş qömondoni fon Moltke Avstriya-Vengriya imperiyasi boş qömondoniga Avstriya-Vengriya Rossiyaga qarşi uruş boşlaydigan bölsa, Germaniya ittifoqçisini qöllab-quvvatlaşini ma’lum qiladi. 1-avgust kuni Germaniya ham öz qöşinlarini jangovar holatga keltiradi va öşa kuni keçga borib Rossiyaga qarşi uruş e’lon qiladi. Şu tariqa Birinçi jahon uruşi boşlandi.
2-avgust kuni Fransiyada ham umumiy safarbarlik e’lon qilinadi. Bunga javoban öşa kuni nemis qöşinlari Lyuksemburgni bosib oladi. 3-avgust kuni Germaniya Fransiyaga ham uruş e’lon qiladi. Ertasi kuni nemislar Belgiyaga bostirib kiradi. Ana şu holatda Buyuk Britaniya Germaniyaga Belgiya neytraliteti haqida ogohlantiriş xati yuboradi. Javob bölmagaç, Germaniyaga uruş e’lon qildi.
Voqealar rivojida 6-avgust kuni Avstriya-Vengriya Rossiyaga, 11–12-avgust kunlari Fransiya va Angliya Avstriya-Vengriya imperiyasiga qarşi uruş e’lon qiladi. Şu tariqa Yevropa uruş olovi içida qoladi.
«Uçlar ittifoqi»ning yengilişi va uruş oqibatlari
Birinçi jahon uruşi tört yil davom etadi va 1918-yil 11-noyabrda Germaniya, Avstriya-Vengriya, Usmoniylar imperiyasi va Bolgariyadan iborat «Törtlar ittifoqi» mağlubiyati bilan tugaydi.
1919-yil iyunda Versalda Germaniya bilan, şuningdek, keyinroq turli sanalarda «Törtlar ittifoqi»ning boşqa a’zolari bilan ham alohida sulh şartnomalari imzolanadi. Sulhda tomonlar Yevropani qayta taqsimlaydi va mağlublarga tovon pullarini tölaş majburiyati qöyiladi.
Rossiya bu uruşdan biroz avval 1918-yil mart oyida çiqadi. 1917-yilda sodir bölgan ikkita davlat töntarişidan söng hokimiyat tepasiga kelgan bolşeviklar uruşni davom ettira olmasligini tuşunib yetadi. Söng Germaniya va Avstriya-Vengriya bilan sulh tuzadi.
Birinçi jahon uruşida jami 38 ta davlat qatnaşadi. Ularning 30 dan ortiği «Antanta» ittifoqi tomonida turib uruşadi. Keyinçalik nomi «Uçlar ittifoqi»dan «Törtlar ittifoqi»ga özgargan harbiy blok tarkibida esa Germaniya, Avstriya-Vengriya, Usmoniylar imperiyasi va Bolgariya bölgan.
Eron, Meksika, Efiopiya kabi bir neçta davlat ularni ma’lum vaqt qöllagan. 1915-yilgaça şu ittifoq tarkibida bölgan Italiya öşa yili «Antanta» tomonga ötib ketadi. Uruş asosan Yevropada, qisman Afrika va Osiyoda bölib ötadi. Öşa paytda uruş keçgan hududlarda jami 1,5 mlrd aholi yaşardi.
Uruşga jalb qilingan va harbiy harakatlarda qatnaşgan odamlar soni 70 million kişidan oşadi. Eng katta yöqotiş Germaniya va Rossiyada böladi. Nemislar 2 milliondan oşiq, ruslar 1,8 mln oşiq (ba’zi manbalarda 2,2 milliondan oşiq) askaridan ayriladi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, umumiy hisobda bu uruşda turli davlatlarning 10 million atrofida harbiy xizmatçisi halok böladi, 55 milliongaça odam yaralangan. Juda köp jasadlar aniqlanmagani, u paytlar hisob-kitob ham risoladagidek bölmagani inobatga olinsa, qurbonlar va yaradorlar soni ança köp bölgani aniq.
Şuningdek, harbiy harakatlar davomida va uruş tufayli yuz bergan oçarçilik, turli yuqumli kasalliklar tarqalişi va boşqa sabablar bilan 20 million atrofida tinç aholi vakillari halok böladi.
Uruşdan söng Yevropadagi geosiyosiy vaziyat
Uruş natijasida ikki katta imperiya – Rossiya va Germaniyada inqilob bölib, boşqaruv özgaradi. Yana ikki imperiya – Avstriya-Vengriya va Usmonli saltanati parçalanib ketdi.
Mağlubiyatning eng oğir yuki Germaniya gardaniga tuşadi. Inqilobdan söng 1919-yilda bu davlatda respublika tuzumi e’lon qilinadi. 1919-yildagi Versal şartnomasiga köra, Germaniya uruş tufayli özining qariyb 15 foiz hududidan va köplab mustamlakalaridan ayriladi.
Jumladan, Elzas va Lotaringiya viloyatlari Fransiya boşqaruviga ötadi. Poznan, Yuqori Sileziya, Pomeraniya va Şarqiy Prussiya Polşaga qöşib beriladi. Natijada, uruşgaça Boltiq dengiziga töğridan-töğri çiqolmagan Polşa uşbu dengizda ham öz hudulariga ega böladi.
Eypen, Malmedi va Moreno okruglari Belgiyaga, Şlezvig okrugining şimoliy qismi Daniyaga beriladi. Memel (Klaypeda) okrugi 1923-yilda Litvaga berildi. Dansig (Gdansk) erkin şahar deb e’lon qilinadi va keyinçalik Polşaga qöşiladi.
Şuningdek, Germaniya özining boşqa qit’alardagi mustamlakalaridan ham ajraladi. Jumladan, Karolina, Mariana va Marşall orollari hamda Tinç okeanidagi boşqa yana bir neçta orol Yaponiyaga beriladi. Janubiy-ğarbiy Afrika va Tanzaniyani Buyuk Britaniya, Kamerun hamda Togoni Fransiya tortib oladi. Burundi va Ruanda Belgiyaga beriladi.
Bundan taşqari, 1921-yilda uruş zararlari hisoblab çiqilgaç, ğoliblar Germaniyaga 132 milliard oltin marka tovon tölaş majburiyatini qöyadi. Kelişuvga köra tovon pulining 52 foizi Fransiyaga, 22 foizi Buyuk Britaniyaga, 10 foizi Italiyaga, qolgan 16 foiz mablağ boşqa mamlakatlarga tölab berilişi belgilanadi. Tovon pullariining oxirgi qismini Germaniya federal banki 2010-yil 4 oktyabrda tölab beradi.
Rossiya amalda 1917-yil oktyabrda sodir bölgan inqilobdan söng uruşdan çiqqani uçun ittifoqçilar mağlub davlatlardan undiriladigan tovon pulidan ruslarga hissa ajratmaydi.
Avstriya-Vengriya ham uruşgaça köplab mamlakatlarni qöl ostida majburan uşlab turgan katta bir imperiya edi. Çexiya, Slovakiya, Vengriya, Polşa va Ruminiyaning bir qismi, Bosniya, Sloveniya, Xorvatiya va köplab boşqa katta-kiçik hududlar imperiya tarkibida edi.
Uruşdan söng imperiya parçalangaç çexlar va slovaklar mustaqil Çexoslovakiya davlatiga aylanadi. Vengriya va Avstriya alohida böladi. Şuningdek, uruşgaça Avstriyaga tegişli bölgan bir qator hududlar Italiya, Çexoslovakiya, Ruminiya va Polşaga olib beriladi.
Uruşdan söng Yevropaning bir qator mamlakatlari Germaniya va Avstriya-Vengriya imperiyalari tomonida turib urişgan Usmonli saltanatiga hujum qiladi. Yevropa davlatlarining birlaşgan qöşinini yenggan Mustafo Kamol Otaturk yangi Turkiya asosçisiga aylanadi.
1923-yilda imzolangan Lozanna şartnomasi Usmonli saltanatini amalda yiqitadi. Mamlakat katta hududlaridan ayriladi. Jumladan Şimoliy Afrika, Yaqin Şarq, Arabiston yarimorolidagi yerlaridan ayriladi.
Misr, Falastin, Arabiston yarimoroli, Iordaniya, Iroq Buyuk Britaniya qöl ostiga ötadi. Suriya va Livan Fransiya mustamlakasiga aylanadi. Egey dengizidagi köplab orollar: Lemnos, Samotraki, Lesbos, Xios, Samos, Ikariya Gretsiyaga beriladi.
Birinçi jahon uruşida Germaniya va Avstriya-Vengriya tomonida turib uruşgan yana bir mamlakat – Bolgariya ham ança hududidan ayriladi va uruş ğoliblariga 2,25 milliard oltin frank miqdorida tovon puli tölaydi. Ğarbiy Frakiya Gretsiyaga ötadi. Janubiy Dobrudja Ruminiyaga, Makedoniyaning bir qismi Serb qirolligiga beriladi.
Rossiyada imperiya qulaşi tufayli Polşa, Finlandiya Litva, Latviya, Estoniya ruslar boşqaruvidan qutulib, mustaqil davlatlarga aylanadi.
Umuman olganda mislsiz vayronagarçiliklar va bir neça ön million qurbonlar bölişiga qaramasdan odamzod öşa uruşdan yetarli xulosa çiqarmadi va oradan 25 yil ötib yana jahon uruşini boşladi…