WikiLeaks asosçisi Julian Assanj AQŞ prezidenti Barak Obama sayt informatori Çelsi Menningni afv etişi evaziga AQŞ sudi oldida javob berişga tayyorligini aytdi. Menning hozirda turmada saqlanmoqda. Assanj bu haqda WikiLeaks tvitterida ma'lum qildi.
"Agar Obama Menningni afv etsa, Assanj qonunga zidlikka qaramasdan, AQŞda turmada ötirişga rozi böladi", deyildi xabarda.
Bundan taşqari, Assanjning advokati Barri Pollakning CNN telekanaliga ma'lum qilişiça, agar Assanj AQŞ hukumati bilan kelişuvga kelsa, hukumat Menningni albatta afv etişi kerak böladi.
AQŞ adliya vazirligida telekanalga Assanj yoki WikiLeaks’dan bu haqda heç qanday taklif bildirilmagani ta'kidlab ötildi.












