«Bugun men sud tizimi keragidek işlagani uçun ozodlikda emasman. Men bugun köp yillik hibsdan keyin jurnalistik faoliyatda özimni aybdor deb tan olganim uçun ozodlikdaman», — deydi Assanj.
Uning ta’kidlaşiça, jurnalistika — jinoyat emas, balki ozod va axborotlaşgan jamiyatning asosi. «Men qonunga işonadigan darajada sodda edim. Gap iş haqida ketganida, qonun — qoğoz parçasi xolos va uni siyosiy maqsadlardan kelib çiqib, turliça talqin qiliş mumkin», — deydi WikiLeaks asosçisi.
Uning fikriça, hozirda söz erkinligi «qoronği yölda nima qilişini bilmayapti». «Asosiy çaqiriq aniq. Jurnalistlarni öz işini qilgani uçun ta’qib etmaslik zarur. Barçamiz ozodlik yoğdusi öçib qolmasligi, haqiqatni izlaş davom etişi va köpçilikning ovozi ozçilik manfaati yölida öçirilmasligi uçun öz hissamizni qöşişimiz kerak».
Assanj 175 yilga qamalişi mumkin edi
Julian Assanj 24 iyun kuni 5 yil ötirgan Londonning «Belmarş» qattiq tartibli qamoqxonasini tark etgandi. Jurnalist AQŞ Adliya vazirligi bilan kelişuvga erişgaç, qöyib yuborilgan.
Qöşma Ştatlarda Assanjga «AQŞ tarixida maxfiy ma’lumotlarni oşkor qiliş böyiça eng yirik iş bilan boğliq jinoyatlar» yuzasidan 17 ta ayblov qöyilgan. Gap 2010 yildan beri AQŞning harbiy va diplomatik faoliyatiga oid 700 mingga yaqin maxfiy hujjatlar oşkor etilgani haqida bormoqda. Hujjatlarda AQŞning Iroq va Afğonistondagi harbiy harakatlari, jumladan, tinç aholi öldirilişi va amerikalik harbiylarning mahbuslarga nisbatan şafqatsiz munosabati haqida ma’lumotlar bor. Jurnalist 175 yilga qamalişi mumkin edi.








