Özbekistonda 4 dekabrda ötadigan prezident saylovlariga 21,4 mln dan köproq saylovçi qayd etildi. Bu haqda Özbekiston Markaziy saylov qömitasi bergan ma'lumotlarda keltirilgan.
"Saylov okruglarining röyxatlariga kiritilgan saylovçilarning umumiy soni 21,435 mln kişini taşkil qildi", deb aytildi xabarda. 2015 yilda ötgan avvalgi prezident saylovlarida 20,798 mlndan köproq saylovçi qayd qilingandi.
Markaziy saylov qömitasi 15 sentabrda saylov okruglari va ulardagi saylovçilar soni hamda okrug saylov komissiyalari joylaşgan joylar haqidagi röyxatni ma'lum qildi.
Avvalroq Markaziy saylov qömitasi prezident saylovlariga 14 ta saylov okrugi taşkil etilganini tasdiqlagandi. Saylov okruglari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri çegaralarida taşkil etilgan. Qonunçilikka köra, saylov uçastkalari ovoz berişdan kamida 2 oy oldin taşkil etilişi lozim. Ovoz berişda fuqarolar 18 yoşdan iştirok etişi mumkin. Ovoz berişda sud tomonidan layoqatsiz deb tan olingan va qamoq jazosini ötayotgan şaxslar iştirok eta olmaydi.
1 iyul holatiga köra, Özbekiston aholisi 31,807 mln kişini taşkil qilgan.












