2016 yilning 15 16-sentabr kunlari Vilnyus şahrida Özbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi örtasidagi munosabatlarning şartnomaviy-huquqiy asosini inventarizatsiya qiliş böyiça vazirliklararo maslahatlaşuvlar bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Litva Taşqi işlar vazirligi delegatsiyasiga Huquq va xalqaro şartnomalar departamenti direktori vazifasini bajaruvçi Ridas Petkus boşçilik qildi.
Maslahatlaşuvlar davomida ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikning hozirgi holati özaro munosabatlarning huquqiy asosi nuqtayi nazaridan muhokama qilindi va turli sohalarda Özbekiston-Litva aloqalarini yanada rivojlantirişga yönaltirilgan hamda hozirda körib çiqilayotgan hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almaşildi.
Muzokaralar mobaynida ikki mamlakat taşqi siyosat idoralari huquq xizmatlarining faoliyatlari töğrisida ma'lumot almaşildi.











