AQŞning Nyu-Jyersi ştatidagi Sisayd-Park şahrida bölib ötişi kerak bölgan xayriya marafoni ötkaziliş joyi yaqinida qölbola portlovçi qurilma portladi. Bu haqda NBC telekanali xabar bermoqda.   

Telekanal ma'lumotlariga köra, temir quvur bölaklari va portlagiçdan yiğilgan portlovçi qurilma marafon ötişi kerak bölgan trassa yaqinidagi çiqindi bakiga yaşirilgan bölgan. Qurilma mahalliy vaqt bilan soat 09:30 da işga tuşgan. Portlaş oqibatida heç kim jabrlanmagan, yaqin oradagi inşootlarga moddiy zarar yetkazilmagan.

Telekanal ma'lumotlariga köra, portlaş joyi yaqinida şubhali öram aniqlangan, uni sapyorlar jamoasi közdan çiqarib bölgan. Ehtiyot çorasi sifatida yaqin atrofdagi uylar evakuatsiya qilindi. 

Marafon şu sababli bekor qilingan. Unda 5 mingga yaqin kişi iştirok etişi kerak edi. Voqeadan keyin politsiya voqea joyi va yaqin atrofdagi köçalarni örab taşlagan. Voqeani tergov qilişgan Federal qidiruvlar byurosi ham qöşilgan.