Toşkentda 9 may kuni 2000 kişi iştirokida 5 kilometr masofa yuguriş musobaqasi ötkaziladi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Şu munosabat bilan, xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida soat 05:00 dan 11:00 gaça bölgan vaqt oralğida transport vositalarining harakati quyidagi köçalarda vaqtinça çeklanadi:

  • Çöponota köçasining Bunyodkor köçasidan Şota Rustaveli köçasigaça bölgan qismi;
  • Unga tutaş bölgan Nurxon, Arnasoy, Sa’di Sirojiddinov va Boğibuston köçalari.

«Yuzaga kelgan noqulayliklar uçun uzr söragan holda haydovçilardan yondoş va aylanma yöllardan harakatlanişlarini sörab qolamiz», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, marafon iştirokçilariga uçburçak şaklidagi front maktubiga öxşatib işlangan yoki frontçilarning familiyalari yozilgan konvert-maktub beriladi. Xatning orqa tomonida uruşda halok bölgan özbekistonlik askarning ismi, qisqaça hayoti yoki iqtibos keltiriladi.

Har bir yuguruvçi ramziy ma’noda «xatni öz egasiga yetkazib beradi» – uni katta xotira taxtasiga yopiştiradi, marraga yetib kelganlar askarlarning ismi yozilgan qoğoz parçalarini ham yopiştiradi, şu tariqa, xotira devori paydo böladi.