Dunyodagi eng keksa marafonçi deb atalgan 114 yoşli hind millatiga mansub britaniyalik Fauj Singxni maşina urib yubordi. Baxtsiz hodisa uning tuğilib ösgan Panjob ştatidagi Beas Pind qişloğida sodir böldi, deb xabar berdi Hindustan Times gazetasi.
Gazetaning yozişiça, Singx yölni kesib ötayotganda maşina urib yuborgan. Mahalliy aholi uni xususiy şifoxonaga olib borgan, ammo u yerda joni uzilgan. Xabar qilinişiça, politsiya haydovçining şaxsini aniqlaş ustida işlamoqda.

Singx 1911 yilda Hindistonda tuğilgan. Uning tarjimai holida qayd etilişiça, 5 yoşiga qadar yura olmagan. Singx 1989 yilda rafiqasi va öğlidan ayrilgani sababli ruhiy tuşkunlikni yengiş uçun yugurişni boşlagan.
U birinçi marafonini 89 yoşga tölişidan bir oy oldin ötkazdi. Umumiy hisobda 42 kilometrlik töqqizta poygani bosib ötdi. Singx 100 yoşga tölganidan keyin ham marafonlarda qatnaşişdan töxtamagan edi.








