Buyuk Britaniya qurolli kuçlari mobodo Rossiya armiyasi hujum qilgudek bölsa, mamlakatni himoya qila olmaydigan ahvolda. Bu pozitsiya Buyuk Britaniya birlaşgan qöşinlarining sobiq rahbari, general Riçard Barrons tomonidan bildirilgan. Bu haqda The Financial Times naşri xabar tarqatdi.
Uning aytişiça, ayni vaqtda armiya taşqi hujumlardan himoyalanişga tayyor emas, armiya havodan, quruqlikdan va hamda suvdan qilingan hujumlardan mamlakatni himoya qila olmaydi.
Barronsning Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Maykl Fellonga yöllagan 10 sahifali memorandumida bildirilişiça, mamlakat qurolli kuçlari bugungi kunda şaxsiy tarkib masalasida ham, qurol-yaroğlar masalasida ham muammolarga duç kelgan. Armiyada askarlar soni yetarli emas, qurollar va harbiy texnikalar esa eskirgan.
Generalning xabar qilişiça, mamlakat armiyasi uruş boşlangudek bölsa, «duşmanga qarşi zirhli texnikalarsiz, havo hujumidan mudofaa qismlarisiz va artilleriya kuçlarisiz, ayniqsa aviatsiyasiz» jang olib borişiga töğri keladi.












