Germaniya kansleri Angela Merkel bir yil avval Germaniyaga yuz minglab qoçqinlarning qabul qilinişiga izoh berib, "Biz uddalaymiz" deb aytgan sözlaridan voz keçişni istamoqda. 

"Ba'zida bu ibora börttirib yuborilgandek, unda juda köp mavhumlik bordek tuyuladi. Şunçalik köpki, men uni takrorlamaslikni istardim, u juda kuçsiz şiorga, deyarli böm-böş formulaga aylandi", deb aytdi Merkel WirtschaftsWoche naşriga bergan intervyusida. 

Avgust oxirida kansler uning iborasi "adolatli va töğri bölişi" va köp narsani qilişga muvaffaq böliş mumkinligi haqida gapirib ötgandi.

Ayni vaqtda Yevropa birinçi navbatda Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika davlatlaridagi qurolli ixtiloflar va iqtisodiy muammolar sababli yuzaga kelgan, Ikkinçi jahon uruşi vaqtidan beri eng jiddiy migratsiya inqirozini boşdan keçirmoqda. Yevropa Ittifoqining Frontex agentligi ma'lumotlariga köra, 2015 yilda Yevropa Ittifoqiga 1,8 mln muhojir kelgan. 

Germaniya içki işlar vazirligi ma'lumotlariga köra, 2015 yilda Germaniyaning öziga 1 mln dan köproq qoçqin kelgan.