Faollar Londonning Parlament maydonini qutqaruv nimçalari mozoriga aylantirişdi: ular Vestminster saroyi qarşisidagi çimga taxminan 2,5 ming dona nimçani qöyib çiqişdi. ITV News şu haqida ma'lum qildi. 

Bu Turkiyadan Gretsiyaga dengiz orqali ötişga harakat qilgan qoçqinlarning qutqaruv nimçalaridir. Aktsiya BMT Boş Assambleyasi doirasidagi qoçqinlar va muhojirlar muammolari böyiça yuqori darajali yalpi majlisiga bağişlangan. Majlis bugun 19 sentabrda Nyu-Yorkda bölib ötadi. 

Manbaga köra, qoçqinlarga berilgan qutqaruv nimçalarining ba'zilari suzuvçi materiallardan tayyorlanmagan. 

"Nimçalar qabristoni" UinstonÇerçillning haykali yonidan joy oldi. Metro naşrining aniqlik kiritişiça, aksiya nodavlat Xalqaro qutqaruv qömitasi tomonidan taşkillaştirilgan.

Faollar dunyo yetakçilarining e'tiborini şu tariqa migratsiya inqiroziga qaratişmoqçi va ularni öz mamlakatlarida köproq qoçqinlarni qabul qilişga çorlaşmoqçi. 

Qoçqinlar masalasiga qaratilgan yuqori darajali yalpi majlis bugun, 19 sentabr kuni BMT Boş Assambleyasi doirasida bölib ötadi.