Yil boşidan beri Yevropaga kirib kelgan qoçqinlar soni 300 ming kişidan ortib ketdi, deb ma'lum qilgan BMT qoçoqlar masalalari böyiça boşqarmasi kotibi Vilyam Spindler.
"Yevropa sohillariga yetib kelgan qoçqinlar va muhojirlar soni yil boşidan beri 300 mingdan oşdi", — degan Spindler.
Uning sözlariga köra, "bu 2015 yilning 9 oyi mobaynida dengiz orqali kirib kelgan 520 ming kişidan ança kam", ammo 2014 yilda kelganlardan 216 ming kişiga köpdir.
Şu bilan birga, joriy yilda Yevropaga yetib olişga uriniş çoğida qurbon bölgan yoki bedarak yöqolganlar soni 3211 kişini taşkil etmoqda. Bu raqam 2015 yilgi 3771 nafar kişiga nisbatan 15 foizga kamdir.
Gretsiyaga kelayotgan qoçqinlar orasida asosan suriyaliklar (48 foiz), afğonlar (25 foiz), Iroq aholisi (15), Pokiston (4) va Eron fuqarolari (3 foiz)ni taşkil etadi.
Italiyaga asosan Nigeriya (20 foiz), Eritreya (12), Gambiya, Gvineya, Sudan va Fil suyagi qirğoği (7 foizdan) davlatlaridan kelişmoqda.












